O?zbekiston Prezidenti Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo?yicha Oliy vakilini qabul qildi

18.11.2022 10:55

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa komissiyasi Vitse-prezidenti Jozep Borrelni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmatining maʼlumotiga ko‘ra, pandemiyadan keyingi davrda jadal iqtisodiy tiklanish va mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston bilan YEI o‘rtasidagi sheriklikni yana-da chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

17-18 noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda “Barqaror rivojlanish uchun global darvoza” mavzuidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha xalqaro konferensiyasining sermahsul yakunlari yuksak baholandi. Davlatimiz rahbari Yevropa diplomatiyasi rahbariga ushbu muhim tadbirlarni qo‘llab-quvvatlagani va ularda shaxsan ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Jozep Borrel, o‘z navbatida, O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi siyosatini olqishladi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishganini taʼkidladi. Yevroittifoq bundan buyon ham mintaqa davlatlari bilan siyosat, savdo, investitsiya, raqamlashtirish, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhi, fan va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish niyatida.

Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning dolzarb muammolari muhokama qilinar ekan, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikka, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojiga alohida eʼtibor qaratildi.

Samarqanddagi konferensiya yakunlari bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tez fursatda imzolashga kelishib olindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net