O'zbekiston Prezidenti Xitoy xalqining qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qo'ydi

24.01.2024 01:55

/"Dunyo" AA/. Davlat tashrifi bilan Xitoyda bo'lib turgan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Pekin shahridagi Tyananmen maydoniga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston va XXR davlat madhiyalari yangradi. O'zbekiston Prezidenti Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qo'yib, XIX-XX asarlarda Xitoy mustaqilligi va ozodligi yo'lida qurbon bo'lganlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tyananmen maydoni xitoy millatining ramziy yuragi hisoblanadi.

1949-yil 1-oktyabr kuni aynan shu yerda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgani e'lon qilingan. Xalq qahramonlari yodgorligi XX asrning o'rtalarida bunyod etilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net