O'zbekiston Prezidenti va Turkiya Prezidenti muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan telefon orqali bir-birini tabrikladi

11.04.2024 09:52

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an 9-aprel kuni bo'lib o'tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Ramazon hayiti bilan bir-birini samimiy tabrikladilar.

Davlat rahbarlari qardosh O'zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sherilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ham ko'rib chiqildi.

Ikki tomonlama o'zaro manfaatli hamkorlik jadal tus olgani, faol siyosiy muloqot olib borilayotgani, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalaridagi aloqalar sur’ati oshib borayotgani, samarali madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki mamlakat yetakchi korxona va kompaniyalarining kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlar darajasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bo'lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig'ilishini o'tkazish masalasi ko'rib chiqildi.

O'zbekiston va Turkiya yetakchilari mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net