O?zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentiga mamlakatning janubi-sharqiy qismidagi provinsiyalarida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko?plab odam qurbon bo?lgani va katta talafotlar ko?rilgani munosabati bilan hamdardlik yo?lladi

06.02.2023 09:51

/“Dunyo” AA/.  Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi provinsiyalarida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odam qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bu haqda  davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining telegram kanalida yozdi.

Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi. 

 Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Turkiya janubiy-sharqiy qismida sodir bo‘lgan 7,4 magnitudali zilzila oqibatida mamlakatning Diyorbakir, Malatya, Qahramonmarash, Xatay, Kilis va boshqa provinsiyalariga  jiddiy zarar yetdi.

“Anadolu” agentligi olgan surat.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net