O?zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgga keldi

26.12.2022 11:17

“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun davlatimiz rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net