O?zbekiston Prezidenti Rossiya hukumati raisining o?rinbosarini qabul qildi

24.10.2022 14:42

“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri, qo‘shma Hukumatlararo komissiya hamraisi Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, komissiya faoliyatining asosiy natijalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdo hajmini yana-da oshirish, sanoatda, yoqilg‘i-energetika majmuida, kimyo, farmatsevtika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi korxonalari o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama dasturni tayyorlashga kelishib olindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net