O'zbekiston Prezidenti Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisini telefon orqali tavallud kuni bilan tabrikladi

07.04.2024 10:01

/"Dunyo" AA/.  Bugun O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, suhbat avvalida O'zbekiston Prezidenti Valentina Matviyenkoni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog'lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga ikki mamlakat parlamentlari faol hissa qo'shayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muloqot yakunida parlamentlararo hamkorlikni, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida yanada rivojlantirish muhim ekani ta'kidlandi.

Eslatib o'tamiz, bugun Valentina Matviyenko tavalludining 75 yilligi nishonlanmoqda. "Davlat va xalq oldidagi alohida mehnat xizmatlari uchun" Prezident Vladimir Putinning 7-apreldagi farmoni bilan Valentina Matviyenko Rossiya Federatsiyasining Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor bo'ldi.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net