O?zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Vengriyaga keldi

03.10.2022 01:40

TOSHKENT, 3-oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga bugun rasmiy tashrif bilan Budapeshtga keldi, deb habar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarining tashrifi munosabati bilan O‘zbekiston va Vengriya bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Mamlakatimiz yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 4 oktyabr kuniga mo‘ljallangan. Vengriya Prezidenti Katalina Novak bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. So‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Viktor Orban tor doirada va kengaytirilgan tarkibda uchrashuv o‘tkazadilar. Yakunda ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanishi kutilmoqda.

Prezidentimizning tashrifi doirasida Vengriyaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan ham uchrashish ko‘zda tutilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net