O?zbekiston Prezidenti raisligidagi yig?ilishda inflyatsiya darajasini pasaytirish choralari muhokama qilindi

07.02.2023 09:58

/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilda inflyatsiya darajasini pasaytirish choralari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Maʼlumki, inflyatsiya faqatgina makroiqtisodiy ko‘rsatkich emas, aholi daromadi va turmush tarziga taʼsir qiluvchi omil hisoblanadi. 2022 yil yakuni bilan yurtimizda inflyatsiya 12,3 foizni tashkil etgan edi. Barcha iqtisodiy mexanizmlarni qo‘llab, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 10 foizdan pastga tushirish maqsad qilinmoqda.

Buning uchun isteʼmol tovarlari, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularni “daladan dasturxongacha” yetkazib berishdagi xarajatlarni qisqartirib, arzon bo‘lishini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish uchun aholiga ajratilgan jami 200 ming gektar yerdan unumli foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu chora-tadbirlarni tizimli tashkil etish uchun hududlar salohiyatidan kelib chiqib, har bir tuman va shahar bo‘yicha alohida “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Aholi daromadlarini oshirishda ularning bo‘sh pul mablag‘larini moliya bozoriga jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Bu borada yaratilayotgan qulayliklar o‘z natijasini bermoqda. Jumladan, oxirgi uch yilda aholining bankdagi omonatlari 2 baravarga oshdi.

Lekin bu yo‘nalishda hali imkoniyatlar ko‘p. Shu bois yig‘ilishda aholi uchun jozibador moliyaviy xizmatlar turlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net