O?zbekiston Prezidenti raisligida o?tgan yig?ilishda Qashqadaryo viloyatining rivoji tahlil qilinib, kelgusi yilgi vazifalar belgilandi

25.10.2022 15:41

“Dunyo” AA/.  Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Maʼlumki, shu yil aprelda xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan, unda tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, bu orqali bandlikni taʼminlash hamda aholini ijtimoiy himoya qilish borasida katta rejalar belgilab olingan edi.

Xususan, joriy yilda 10 mingta tadbirkorlik subyekti tashkil etib, ularning sonini 80 mingtaga yetkazish, 9 trillion so‘m investitsiya jalb qilib, 810 ta sanoat loyihalarini amalga oshirish, 430 mingta yangi ish o‘rni yaratish maqsad qilingan. Qishloq xo‘jaligida 12 ming 500 gektar yerni aholiga taqsimlab, 3 million 200 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, 11 ming gektar intensiv bog‘ va tokzor tashkil etib, meva-sabzavot eksportini 60 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Ijtimoiy sohada 174 ta maktab, bog‘cha va poliklinika qurish va taʼmirlash, 1,5 ming kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortish hamda 1,8 ming kilometr ichki yo‘llarni taʼmirlash rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimov shu borada qilingan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi. Undan kelib chiqib, yil yakunigacha va kelgusi yilga mo‘ljallangan vazifalar muhokama qilindi.

Birinchi navbatda, tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish masalasiga eʼtibor qaratilib, bu orqali kelgusi yil viloyatda 207 mingta ish o‘rni yaratish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Buning uchun imkoniyatlar ko‘p. Jumladan, soatiga 1,5 mingta avtomobil qatnoviga ega Shahrisabz-Kitob yo‘li bo‘yida xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish uchun 3 mingta tadbirkorni jalb etsa bo‘ladi. Shahrisabzning Miraki va Kitobning Qaynar qishloqlarida turizmni rivojlantirish orqali 10 mingta ish o‘rni yaratish imkoni bor. Shuningdek, bo‘sh turgan bino va yer uchastkalaridan samarali foydalanish zarur.

Viloyatda katta salohiyatga ega yana bir soha – sanoat. Bu yo‘nalishda 960 ta loyihani amalga oshirib, 20 ming nafar aholini band qilish mumkinligi taʼkidlandi.

Xususan, 22 ta noruda konni o‘zlashtirib, talab yuqori bo‘lgan qurilish materiallari ishlab chiqarish imkoni bor. Kimyo, neft-gaz, energetika tizimidagi yirik korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yib, 65 ta mahalliylashtirish loyihasini amalga oshirish lozim. Klasterlar tomonidan taklif etilgan 12 ta loyiha paxtani chuqur qayta ishlash darajasini oshiradi.

Uchinchi muhim yo‘nalish – qishloq xo‘jaligi. Jumladan, 18 ming gektar maydonda suv taʼminotini yaxshilab, qo‘shimcha 90 milliard so‘mlik mahsulot yetishtirish, 66 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilib, 300 million kub metr suvni iqtisod qilish, 10 ming gektar paxta va g‘alla maydonini qisqartirish hisobiga 32 ming oila bandligini taʼminlash mumkin. Umuman, imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanilsa, bu sohada 295 ming nafar aholi ishli bo‘ladi.

Yig‘ilishda ijtimoiy masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, Qashqadaryoda markazlashgan toza ichimlik suvi taʼminotini kelgusi yilda 60 foizga yetkazish, 6 ming kilometr ichki yo‘llar va ko‘priklarni taʼmirlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Mahallalarda maktabgacha taʼlim muassasasi va poliklinikalar qurish, uy-joyga muhtoj aholining sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari belgilandi.

– Inson qadri, degan tamoyil asosida ishlab, hamma narsani xalqning muammolaridan kelib chiqib amalga oshiramiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Investitsiya dasturida mahallaning ulushi bo‘lishi kerak. Buni xalq bilan maslahatlashib, hokimlar taklif beradi, mahalliy kengashlar bajarilishini nazorat qiladi. Oxirgi besh yilda ko‘p joylarda sanoat rivojlandi. Endi investitsiyani eng og‘ir mahallalarga yo‘naltirish, ularni yaxshilash kerak.

Yig‘ilishda viloyat va tuman hokimlari qaysi mahallalarda ishsizlik ko‘pu qaysilarida infratuzilma muammosi borligi, qanday tajribalarni ommalashtirish zarurligi haqida takliflarini bildirdi.

Ular asosida Qashqadaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va ijtimoiy sohadagi muammolarni hal etish uchun 2023 yilda respublika byudjetida 685 milliard so‘m nazarda tutilishi taʼkidlandi.

Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” doirasida viloyat mahallalariga 135 milliard so‘m, yana 670 ta loyihani amalga oshirishga qo‘shimcha 265 milliard so‘m ajratilishi aytildi.

Bundan tashqari, 2023 va 2024 yillarda ichimlik suvi va avtomobil yo‘llari loyihalariga qo‘shimcha 410 million dollar jalb qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yil yakunigacha, shu tartibda, barcha viloyat hokimlari hisoboti ko‘rib chiqilishi, kelgusi yilgi investitsiya dasturi shu asosida shakllantirilishi belgilandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net