O?zbekiston Prezidenti Quvasoy shahridagi keramika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga bordi

02.02.2023 13:10

/“Dunyo” AA/. Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Quvasoy shahridagi «Art soft ceramics» korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, o‘tgan yil dekabrda ish boshlagan korxona yiliga qariyb 3 million kvadrat metr keramogranit mahsulotlari tayyorlash quvvatiga ega. Ayni paytda bu yerda 350 nafar ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda.

Mahalliylashtirish darajasi 100 foiz bo‘lgani bois tovarlar xorijnikidan ancha arzon narxlarda bozorga chiqarilmoqda. Shuningdek, ularning 35 foizi Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari korxonada va umuman Quvasoy shahrida eksport ko‘rsatkichlarini oshirish muhimligini taʼkidladi. Buning uchun chet eldagi sanoat zonalari bilan hamkorlik o‘rnatish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net