O?zbekiston Prezidenti Qo?shtepa tumanidagi to?qimachilik korxonasini ko?zdan kechirgani barobarida Farg?ona vodiysi viloyatlarida paxta-to?qimachilik sanoatini rivojlantirish masalalari bo?yicha yig?ilish ham o?tkazdi

02.02.2023 13:08

/«Dunyo AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda  Dunyo AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti 2022 yil may oyida viloyatga tashrifi chog‘ida «Global textile infinity» klasterining ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishgan edi. O‘shandagi ko‘rsatmalar asosida loyiha jadallashtirilib, dekabrda ishga tushirildi.

Bu galgi tashrifda Qo‘shtepa tumanidagi mazkur to‘qimachilik korxonasi ko‘zdan kechirildi.

Bu yerda paxta yetishtirish va uni qayta ishlashning to‘liq jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. 132 million yevro evaziga katta fabrika tashkil etilib, Shveysariyaning «Rieter machine works» uskunalari o‘rnatilgan.

Korxona yiliga 18 million metr aralash mato hamda 10 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yevropa davlatlari va Xitoyga 85 million yevrolik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Buning uchun korxonada sifat laboratoriyasi tashkil etilgan.

Prezident tayyor mahsulotlar turini ko‘paytirish, taniqli brendlar bilan hamkorlik o‘rnatish zarurligini taʼkidladi.

Yana bir muhim jihati shundaki, ishlab chiqarishda energiyaga tejamkor texnologiyalar qo‘llanmoqda. Inshootning tom qismiga quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Bularning natijasida qariyb 23 foizgacha energiya samaradorligiga erishish mumkin.

Hozirgi birinchi bosqichda fabrikada 1 ming 500 nafar kishi ishlamoqda. Joriy yil martda fabrikada to‘qima mato ishlab chiqarish boshlanadi. Shuningdek, Uchko‘prik tumanida ip-kalava va mato tayyorlash hamda paxtani qayta ishlash korxonalari tashkil etilmoqda. Shunda klasterdagi jami ish o‘rni 4 ming 800 taga yetadi.

Bu yerda o‘quv va kasanachilik markazi ham ochilgan. Unda korxona uchun zarur bo‘lgan 4 yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Ushbu klaster majmuasida vodiy viloyatlarida paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘tgan olti yilda bu viloyatlarda 35 ta klaster tashkil etilib, 670 million dollarlik 150 dan ortiq yirik loyiha ishga tushirilgan.

Maʼlumki, shu yil 26 yanvarda paxtachilik klasterlari faoliyatini yana-da qo‘llab-quvvatlashga oid Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, klasterlar paxta yetishtirishga o‘g‘it, urug‘, yoqilg‘i uchun imtiyozli kreditlarni istalgan vaqtda olish imkoniga ega bo‘ldi. Ularga g‘o‘za navlarini mustaqil joylashtirish, chetdan hosildor navlarni seleksiya uchun olib kelishga ruxsat berildi.

Shuningdek, lazerli tekislagichlarni sotib olishda ular qiymatining 30 foizi byudjetdan qoplab beriladi. Ishlab chiqarishni ilm bilan bog‘lash maqsadida har bir klasterga paxtachilik ilmiy tashkilotlari va agroxizmat markazlari biriktiriladi.

Yig‘ilishda mazkur chora-tadbirlarning amaliy jihatlariga to‘xtalib o‘tildi.

Paxta hosildorligini oshirish, ip-kalavani chuqur qayta ishlab, tayyor mahsulotlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Vodiy viloyatlarida to‘qimachilik mahsulotlari eksportini joriy yilda 2,5 milliard dollarga yetkazish imkoniyati borligi taʼkidlandi.

Iqtisodiyot tarmoqlaridagi bugungi tendensiyaga hamohang, klasterlar ham energiya isteʼmolining bir qismini muqobil manbalarga o‘tkazishi zarurligi qayd etildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net