O?zbekiston Prezidenti: O?zbek va qozoq xalqlari – nafaqat yaqin qo?shnilar, balki mushtarak tarixiy meros, madaniy va maʼnaviy qadriyatlar bilan bog?langan qardoshlardir

22.12.2022 10:52

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bugun tor doirada muzokara o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida O‘zbekiston rahbari qozog‘istonlik hamkasbi va ko‘p millatli Qozog‘iston xalqini 16 dekabr kuni nishonlangan Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladi.

Yetakchilar ushbu muzokaralar O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojiga yangi kuchli surʼat bag‘ishlashiga ishonch bildirdilar.

Davlatimiz rahbari Qozog‘iston O‘zbekistonning eng yaqin va ishonchli hamkori ekanini taʼkidladi.

- O‘zbek va qozoq xalqlari – nafaqat yaqin qo‘shnilar, balki mushtarak tarixiy meros, madaniy va maʼnaviy qadriyatlar bilan bog‘langan qardoshlardir, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Bu bizning bebaho boyligimiz, biz uni qadrlaymiz va qadrlashda davom etamiz. Bizning taqdirimiz bir, kelajagimiz ham umumiy, men bunga ishonaman.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, qishloq xo‘jaligi, suv va boshqa sohalardagi munosabatlarni tubdan kengaytirish masalalari muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Keyingi olti yilda hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilgani taʼkidlandi. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, hududlari o‘rtasidagi muloqotlar muntazamlik kasb etgan.

Davlat rahbarlari qariyb 5 milliard dollarga yetgan o‘zaro savdo hajmi jadal ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Yirik kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyotini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni bundan buyon ham davom ettirishga intilish qatʼiy ekani taʼkidlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net