O'zbekiston Prezidenti Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida sodir bo'lgan fojiali voqealar munosabati bilan Rossiya Prezidentiga ta'ziya yo'lladi

23.03.2024 02:56

/"Dunyo" AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 mart kuni Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida sodir bo'lgan fojia oqibatida o'nlab begunoh insonlar qurbon bo'lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga chuqur ta'ziya yo'lladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, maktubda O'zbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qat'iy qoralashi hamda mazkur jinoyat tashkilotchilari va ijrochilariga jazo muqarrarligi ta'minlanishiga ishonch bildirilgan.

Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sog'ayib ketishini tiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net