O?zbekiston Prezidenti Misrning yetakchi investitsiya-sanoat kompaniyasi rahbarini qabul qildi

29.05.2023 17:08

“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev  bugun Misrning «Orascom Investment Holding» kompaniyasi raisi Najib Savirisni qabul qildi, deb  xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati  maʼlumotiga ko‘ra, Misrning yetakchi investitsiya-sanoat korporatsiyasi rahbari oliy darajadagi kelishuvlar doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekistonda qo‘shma «yo‘l xaritasi» doirasida qiymati 1,2 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va metall konlarini o‘zlashtirish, zamonaviy mehmonxona majmualarini barpo etish va boshqarish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net