O?zbekiston Prezidenti MDH norasmiy sammitida ishtirok etdi

07.10.2022 18:14

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, sammitda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.

Tadbirda kelgusi haftada Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik bilan bog‘liq dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning muhim jihatlari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya sohalaridagi yaqin aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan davlatimiz rahbarining amaliy tashrifi yakunlandi. Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net