O?zbekiston Prezidenti Indoneziyaning “Kanjuraxan” futbol stadionida yuz bergan tartibsizliklar natijasida ko?plab insonlar nobud bo?lgani munosabati bilan Indoneziya yetakchisiga taʼziya yo?lladi

03.10.2022 01:32

TOSHKENT, 3 oktyabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Indoneziyaning Malang shahridagi “Kanjuraxan” futbol stadionida yuz bergan tartibsizliklar natijasida ko‘plab insonlar nobud bo‘lgani munosabati bilan Indoneziya Prezidenti Joko Vidodoga taʼziya yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram kanalida eʼlon qilingan maʼlumotga tayangan holda.

O‘zbekiston Prezidenti vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlar tez orada shifo topishini tiladi.

“Reuters” agentligi tarqatgan so‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, 1 oktyabr kuni Indoneziyaning Malang shahridagi futbol o‘yinidan keyingi tartibsizliklar natijasida 174 kishi halok bo‘lgan, 180 kishi jarohatlangan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net