O?zbekiston Prezidenti huzurida o?tkazilgan yig?ilishda yashil hududlarni kengaytirish bo?yicha takliflar muhokama qilindi

18.11.2022 10:54

“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun «Yashil makon» umummilliy loyihasi ijrosini samarali tashkil etish, o‘rmon xo‘jaligida boshqaruvni maqbullashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, daraxtzorlar havo tozaligini taʼminlaydigan, yurtga ko‘rk bag‘ishlaydigan boylikdir. Bunday hududlarni ko‘paytirish maqsadida o‘tgan yili davlatimiz rahbari tashabbusi bilan «Yashil makon» umummilliy loyihasi eʼlon qilingan edi. Uning doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilandi. Yurtimizdagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirildi.

O‘tgan qisqa vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 535 gektar daraxtzor, 638 gektar «yashil jamoat parklari» tashkil etildi. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida «Yashil hudud» davlat unitar korxonasi tuzilib, zarur texnikalar bilan taʼminlandi.

Yurtimizdagi ekologik vaziyat va bajarilgan ishlar tahlili bu harakatni yana-da kengaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Xususan, atmosfera havosi turli kimyoviy moddalar va og‘ir metallar bilan ifloslangan. Ko‘chatlar ekish va parvarishlash jarayonlarida hokimliklar bilan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining vazifalari aniq taqsimlanmagan.

Shu bois ushbu tadbirlarga O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini yagona masʼul tashkilot etib belgilash taklif etilmoqda. «Yashil bog‘lar» va «yashil jamoat parklari»ni barpo etish, daraxtlarni parvarishlash va ularni 3 yil davomida saqlash «Yashil hudud» korxonasi tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, daraxtlar ekiladigan yer maydonlarini aniqlash va loyihalashtirish, ko‘chatxonalarni ko‘paytirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, o‘rmon xo‘jaliklari uchun maxsus texnikalar sotib olish choralari nazarda tutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu ishlarning mamlakatimiz ekologiyasi va xalqimiz salomatligidagi ahamiyatini taʼkidlab, chora-tadbirlarni yana-da takomillashtirish vazifasini qo‘ydi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net