O?zbekiston Prezidenti Farg?ona shahridagi “Meridian” tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi

02.02.2023 13:11

/“Dunyo” AA/.  Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Farg‘ona shahridagi “Meridian” tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tibbiyotda xususiy sektorga imkoniyat berilgani raqobat va sifatni oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Farg‘ona viloyatida bunday muassasalar 720 taga yetdi. Ulardan biri Farg‘ona shahridagi “Meridian” tibbiyot markazidir. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

2021 yil dekabrda foydalanishga topshirilgan klinika zamonaviy tashxis va davolash xizmatlari ko‘rsatib kelmoqda. Buning uchun Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoydan zamonaviy uskunalar keltirilgan. Shifoxona 120 ta statsionar o‘ringa, yiliga 2 mingta jarrohlik amaliyotini o‘tkazish quvvatiga ega.

Eʼtiborlisi, o‘tgan yili tibbiyot markazi huzurida universitet ham ochildi. Hozir 600 nafar talaba o‘qimoqda, ularga chet ellik o‘qituvchilar saboq berayotir. Talabalar tibbiyot markazida amaliyot o‘taydi.

Shu tariqa bu muassasa zamonaviy klinikalar, tashxis markazlari, laboratoriyalar va universitetni o‘zida birlashtirgan tibbiyot klasteriga aylandi.

Davlatimiz rahbari shifokorlar bilan suhbatlashdi.

- Xususiy tibbiyotga sharoit yaratganimiz o‘zini oqladi, buni aholi qabul qildi. Chunki odamlarimiz yaxshi yashashga intilyapti, o‘z sog‘lig‘iga qarayapti. Aholi daromadini oshirish bo‘yicha qilayotgan hamma harakatlarimiz aslida shuning uchun - xalqimizning sog‘lom va farovon yashashi uchun, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Klinikaning intervension kardiologiya, kardioxirurgiya, transplantologiya, radiologiyani yo‘lga qo‘yish borasidagi loyihalari haqida maʼlumot berildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net