O?zbekiston Prezidenti elektron hukumatni rivojlantirish bo?yicha takliflarni maʼqulladi

13.09.2023 13:20

/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun elektron hukumatni rivojlantirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi, deb  xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati  maʼlumotiga ko‘ra, mamlakatimizda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy xizmatlar jadal raqamlashtirilmoqda. Yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida bu boradagi istiqbollar belgilanib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat reytingida TOP-30 talikka kirish vazifasi qo‘yildi.

Maʼlumki, bu reyting (e-Government Development Index) mamlakatlarda soha rivojini ko‘rsatuvchi xalqaro indeksdir. Uning ahamiyatli jihati, aholi va davlat o‘rtasida elektron muloqotni kengaytirish, xizmatlarni qulaylashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda unda O‘zbekistonning o‘rni izchil ko‘tarilib, o‘tgan yili 69-pog‘onada qayd etilgan.

Reytingda yuqori 30 ta mamlakat qatoriga kirish uchun xorijlik ekspertlar ishtirokida, xalqaro metodologiya asosida 6 ta yo‘nalish bo‘yicha 53 ta tadbirdan iborat “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Unda onlayn xizmatlar bo‘yicha 112 ta ko‘rsatkichni yaxshilash, 2024 yilda 700 ta raqamli xizmatni ishga tushirish va barchasini my.gov.uz ga jamlash, aholi maskanlari va avtomagistral yo‘llarni yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash nazarda tutilmoqda.

Bu jarayonlarni ilmiy-huquqiy taʼminlash, hamkorlar bilan ishlab, kamchiliklarni bartaraf etib borish maqsadida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha komissiyasi huzurida Loyiha ofisi tashkil etilmoqda.

Davlatimiz rahbari bu takliflarni maʼqullab, onlayn xizmatlarni va yuqori texnologiyalar sohasida inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Raqamli texnologiyalar vaziriga BMT Departamentiga (UNDESA) taqdimot qilib, O‘zbekistonning reytingdagi o‘rnini yaxshilashni asoslash topshirildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net