O'zbekiston Prezidenti Doha shahrida Qatarning qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisini qabul qildi

02.10.2023 12:21

 TOSHKENT, 2 oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Doha shahrida o'ziga ajratilgan qarorgohda Qatarning sobiq Bosh vaziri, mamlakatdagi qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol Soniyni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston va Qatarning yetakchi kompaniya va korxonalari o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.

Energetika, sanoat, infratuzilma, turizm, bank-moliya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.

Davlatimiz rahbari ekspertlar guruhini shakllantirish va "yo'l xaritasi"ni qabul qilish orqali qo'shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligini ta'kidladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net