O'zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Xitoyga keldi

23.01.2024 01:58

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga bugun davlat tashrifi bilan Xitoyga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston va Xitoy bayroqlari bilan bezatilgan "Shoudu" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Davlatimiz rahbarini XXR madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq ertaga, 24-yanvar kuni O'zbekiston yetakchisi XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar hamda Xitoyning rasmiy shaxslari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net