OʻZBEKISTON PREZIDENTI BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIGA TASHRIF BUYURADI

23.03.2019 17:16

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon taklifiga binoan joriy yilning 24-26-mart kunlari rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida boʻladi.

Tashrif dasturidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamda BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuvlari oʻrin olgan.

 Muzokaralar kun tartibiga koʻp qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, bank-moliya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni mustahkamlash masalalari kiritilgan.

 Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

 Tashrif yakunida Oʻzbekiston Respublikasi va BAA oʻrtasida Qoʻshma bayonotni qabul qilish, investitsiyalar, moliya, qayta tiklanadigan energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, bojxona maʼmuriyatchiligi, mehnat resurslari, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlarni imzolash koʻzda tutilgan.

 Bundan tashqari, davlatimiz rahbari “Masdar-siti” texnoparki faoliyati bilan tanishishi, qator sanoat, ijtimoiy va boshqa obyektlarga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net