O?zbekiston Prezidenti AQSH Prezidenti Jozef Baydenga “Ien” to?foni oqibatida ko?plab insonlar qurbon bo?lgani va jiddiy talafotlar ko?rilgani munosabati bilan taʼziya yo?lladi

03.10.2022 01:30

TOSHKENT, 3 oktyabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining janubi-sharqiy shtatlarida yuz bergan kuchli “Ien” to‘foni oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan Prezident Jozef Baydenga taʼziya yo‘lladi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram kanalida eʼlon qilingan maʼlumotga tayangan holda.

O‘zbekiston Prezidenti halok bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

“Ien” to‘foni AQSH tarixidagi eng halokatli tabiiy ofatlardan biri bo‘ldi. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, dovul minglab uylarni vayron qildi, 2,67 millionga yaqin uy va korxonalar elektr taʼminotisiz qolgan. Kamida 50 kishi, jumladan, Floridada 47 kishi halok bo‘ldi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net