/"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun tashrif bilan Boku shahriga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Haydar Aliyev nomidagi aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
24-noyabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.