O'zbekiston Prezidenti 5-7 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo'ladi

04.10.2023 12:19

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Vladimir Putinning taklifiga binoan 5-7 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo'ladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tashrif dasturiga muvofiq, Moskva shahrida ikki davlat yetakchilarining muzokaralari bo'lib o'tadi. Davlatimiz rahbari Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan ham uchrashadi.

Bo'lajak uchrashuvlar kun tartibidan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari o'rin olgan. Amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, migratsiya va gumanitar sohalarda kengaytirishga alohida e'tibor qaratiladi.

Shuningdek, O'zbekiston Prezidenti Tataristonga tashrif buyurib, respublika Raisi Rustam Minnixanov bilan muzokara o'tkazishi ko'zda tutilgan.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net