O'zbekiston-Malayziya siyosiy maslahatlashuvlari haqida

30.03.2022 12:27

2022-yil 30-mart kuni Kuala-Lumpur shahrida O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Furqat Sidikov Malayziya Tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Kamaruddin Jaffar bilan uchrashuv o’tkazdi.

Muzokaralarda O'zbekiston-Malayziya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Malayziya tomoni O'zbekistonda davlat boshqaruvi va qonunchilik sohasini takomillashtirish, milliy iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlarni yuksak baholadi.

Shu kunning o’zida O'zbekiston Respublikasi va Malayziya tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi davrasi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mustahkamlash bo'yicha mavjud salohiyatni amalga oshirishdan har ikki tomonning birday manfaatdorligi bildirildi.

Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o'rtasidagi muloqotni kengaytirish zarurligi ta'kidlandi. Parlamentlararo hamkorlikni chuqurlashtirish umumiy kun tartibidagi barcha yo'nalishlar bo'yicha aloqalarni jadallashtirishga xizmat qilishi e’tirof etildi.

Madaniy-gumanitar va sayyohlik sohasidagi almashinuvlarni rivojlantirish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.

BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi muloqotni faollashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net