O?zbekiston Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi

30.11.2022 21:22

TOSHKENT, 30-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti «Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi farmonini imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Farmonga ko‘ra, Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilib, unda jinoyatlarni tergov qilish sohasida kadrlarni amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini taʼminlagan holda yagona yondoshuv asosida tayyorlashga qaratilgan uzluksiz o‘quv tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Hujjatga muvofiq, Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tugatilib, uning shtat birliklari, o‘quv va moddiy-texnika bazasi Akademiyaga o‘tkaziladi. Shuningdek, Akademiya Bosh prokuratura tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Farmonda taʼkidlangnidek,  jinoyatlarni tergov qilish sohasida mutaxassislarni chuqurlashtirilgan maqsadli bazaviy tayyorlash va tergov hamda huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. 

2023/2024 o‘quv yilidan Akademiyada tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida bakalavriat (3 yil) va magistratura (1 yil) bo‘yicha o‘quv jarayoni tashkil etiladi.

Bunda qabul kvotalari bakalavriat bo‘yicha – 250 nafargacha talaba, magistratura bo‘yicha – 50 nafargacha oliy yuridik maʼlumotli vakolatli davlat organlari xodimlarini tashkil etadi. 

Hujjatga muvofiq, Akademiyaning qabul parametrlari har yili Prezident tomonidan belgilanadi. Akademiyaga qabul qilishda abituriyentlarning muayyan toifalariga respublikaning boshqa OTMga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, vakolatli davlat organlari xodimlari uchun Akademiyada tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirishning majburiy tartibi joriy qilinadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net