“O?ZBEKISTON ELCHIXONASI YORDAMIDA PULLARIMNI QAYTARIB OLDIM”

31.01.2019 16:43

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, hozirgi kunda Rossiya poytaxti Moskva shahrida vaqtincha istiqomat qilayotgan Go‘zal Islomova firibgarlar qo‘liga tushib, 150 ming rubl mablag‘idan ajralishiga bir bahya qoldi. O‘zbekistoning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi xodimlari unga o‘z pullarini qaytarib olishda yordam berdi.

– Shu yilning noyabr oyida o‘zim ishlayotgan tashkilot rahbariyati bilan ba’zi kelishmovchiliklarni hal qilish uchun advokatga ishim tushdi, – deydi G.Islomova. – Moskva shahridagi bir advokatlik firmasiga murojaat qildim. Firma men bilan shartnoma tuzib, so‘nggra o‘z xizmatlari uchun oldindan 150 ming rubl miqdorda naqd pul so‘radi. Ularga ishonib, 150 ming rubl mablag‘ni ularga olib borib topshirdim.

 Ammo, menga berilgan katta va’dalarga qaramay, firma tomonidan mening huquqlarimni himoya qilish uchun hech qanday ishlar olib borilmadi. Vaqt o‘tib borar, ammo men pul to‘lagan firma xodimlaridan darak yo‘q edi. O‘z mablag‘imni qaytarib olish maqsadida firma joylashgan manzilga bir emas, bir necha marotaba qatnadim, ammo har safar meni ichkariga kirgizmasdan, haydab yuborishdi. Har kuni borgan paytlarim ham bo‘ldi, ammo barcha sa’y-harakatlarim zoye ketdi. Qo‘ng‘iroqlarga umuman javob berishmadi. Tinmasdan qo‘ng‘iroq qilganimdan so‘ng mening telefon raqamimni “bloklab” qo‘yishdi.

 Aldanganimni bilgach, Moskvadagi O‘zbekiston Elchixonasi Konsullik bo‘limiga yordam so‘rab murojaat qildim. Elchixona xodimlari mening murojaatimni o‘rganib chiqib, men pul to‘lagan firma bilan bir necha marotaba muzokaralar o‘tkazishdi. Natijada kunlarning birida menga qo‘ng‘iroq qilib, mablag‘imni qaytarib olishim mumkinligini xabar qilishdi. Bu meni nihoyatda quvontirdi, zero 150 ming rubl katta mablag‘ (2300 AQSh dollariga teng), bir o‘zim hech qachon o‘sha firmadan pulimni qaytarib ololmay, aldanib qolaverar edim. Diplomatlarimizning sharofati bilan pulimni qaytarib oldim, ulardan nihoyatda minnatdorman!

 Elchixona xodimlari doimo o‘zbekistonliklarga katta yordam berishadi. O‘z misolimda bunga bevosita guvoh bo‘ldim!

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net