O?ZBEKISTON ELCHISI LUKSEMBURG BUYUK GERSOGIGA ISHONCH YORLIQLARINI TOPSHIRDI

01.02.2019 15:53

2019-yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Elchisi Dilyor Xakimov (qarorgohi Brussel shahrida) Luksemburg Buyuk gersogi Anriga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va Luksemburg o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

 Luksemburg Buyuk gersogi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, O‘zbekistonning ochiq tashqi siyosatini, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikning faollashganini ma’qullashini yetkazib qo‘yishni so‘radi. Shu o‘rinda Afg‘onistondagi tinchlik, xavfsizlik va rivojlanishni ta’minlashdagi O‘zbekistonning sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi.

 Suhbatda Luksemburg Tashqi ishlar vaziri Jan Asselbornning ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish hamda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston aloqalarini, ayrim mintaqaviy va xalqaro mavzularni muhokama qilish maqsadida Toshkentga amalga oshiradigan tashrifining muhimligi qayd etildi.

 Luksemburg rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish uchun ulkan salohiyatning mavjudligini e’tirof etdi.

 O‘zbekistonning qadimiy tarix va boy madaniyatga ega davlat sifatida dunyoga mashhurligi ta’kidlandi. O‘zining tarixiy o‘tmishi, buyuk allomalari va me’morchilik yodgorliklari bilan butun dunyoda dong‘i ketgan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari jahonning boshqa qismlari aholisiga minqataning qadimiy sivilizatsiyasini va “Buyuk ipak yo‘li” tarixini his qilish imkonini beradi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net