O?ZBEKISTON ELCHISI ISPANIYA QIROLIGA ISHONCH YORLIQLARINI TOPSHIRDI

17.01.2019 11:27

2019-yilning 16-yanvar kuni Madrid shahrida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Jahongir Ganievning Ispaniya Qiroli Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Ispaniya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

 Ispaniya Qiroli yuqori darajadagi o‘zaro ishonch, ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi muhim masalalar bo‘yicha mavqe’lar o‘xshash va yaqinligiga yuksak baho berdi.

 Ispaniya Qiroli Ostona shahrida “EXPO-2017” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuvini alohida qayd etdi, ushbu uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish yo‘llari belgilangan edi.

 Muloqot yakunida Ispaniya Qiroli O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hurmat-ehtiromini izhor etib, unga o‘zining samimiy tilaklarini yetkazishni so‘radi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net