O?ZBEKISTON ELCHISI AVSTRIYA FEDERAL PREZIDENTIGA ISHONCH YORLIQLARINI TOPSHIRDI

07.11.2018 17:43

2018-yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Sherzod Asadov Vena shahrida Avstriya Respublikasining Federal prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirdi.

“Hofburg” saroyidagi marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Avstriya davlati rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan O‘zbekistondagi izchil o‘zgarishlar va keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishiga Avstriyada qiziqish bilan qaralayotganini qayd etdi, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarda kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi.

Avstriya Prezidenti ta’kidlaganidek, tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirishdagi faoliyatida O‘zbekiston Elchisiga har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net