O?zbekiston Ekologik partiyasi o?z nomzodini muddatidan ilgari Prezidenti saylovlarida ishtirok etish uchun tasdiqladi

30.05.2023 10:24

/“Dunyo” AA/. Bugun  o‘tkazilgan Ekologik partiyaning IV qurultoyida  partiya yetakchisi Abdushukur Xamzayev 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari saylovlarda O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida  tasdiqlandi, deb xabar  bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Eslatib o‘tamiz,  12 may Ekologik partiya Abdushukur Xamzayev nomzodini prezidentlikka tavsiya qilgan edi. Shundan so‘ng  partiya saylovda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni taqdim etdi va  ruxsat oldi.

Qurultay davomida, shuningdek, nomzodning saylovoldi dasturi ham tasdiqlandi.

Uning saylovoldi dasturida pestitsidlardan foydalanishdan voz kechishga yo‘naltirilgan «Yashil O‘zbekiston – 2030» dasturini ishlab chiqish, «Yashil viza» dasturini joriy etish, tarmoqlar va hududlarning «yashil iqtisodiyotga o‘tish indeksi»ni ishlab chiqish, yuk tashishni yirik mashinalardan temir yo‘llarga o‘zgartirishga qaratilgan choralar va  boshqa vazifalar nazarda tutilgan.

Eslatib  o‘tamiz, kecha O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z yetakchisi Ulug‘bek Inoyatovni  va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi esa Robaxon Mahmudovani  O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqladi.

Ekologik partiya saytidan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net