O?zbekiston diplomatlari Saudiya Arabistonida tashkil etilgan iqtisodiy diplomatiya mavzusidagi malaka oshirish kurslarida qatnashdi

07.10.2022 17:42

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining 5 nafar xodimi Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Shahzoda Saud al-Faysal nomidagi diplomatiya tadqiqotlari instituti tomonidan o‘tkazilgan o‘quv kursida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

24-29 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan iqtisodiy diplomatiya mavzusidagi mazkur o‘quvlar TIVning Iqtisodiy diplomatiya departamenti hamda  mamlakatimizning Saudiya Arabistonigi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Kurs davomida tinglovchilar Saudiya Arabistoni tashqi siyosati, iqtisodiyoti, energetika sanoati, investitsiyalar va turizm sohalari, shuningdek, O‘zbekiston – Saudiya munosabatlarining bugungi holati yuzasidan maʼruzalar tinglashdi va o‘zaro fikr almashdilar.

Ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net