O?ZBEKISTON DELEGATSIYASI “MARKAZIY OSIYO + YAPONIYA” MULOQOTI SHAKLIDAGI YIG?ILISHDA ISHTIROK ETDI

29.11.2018 12:56

2018-yilning 26-27-noyabr kunlari Tokio shahrida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining yuqori mansabdor shaxslari 13-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Yaponiya delegatsiyalari ishtirok etdi.

Transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va turizm, shuningdek savdo va investitsiya sohalaridagi Markaziy Osiyo davlatlari va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash doirasidagi aloqalarga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti ishtirokchi davlatlari tashqi ishlar vazirlarining bo‘lajak 7-majlisi kun tartibiga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net