O'zbekiston davlat xizmatlari sohasida gender tengligini ta'minlash borasidagi vazifalar Malayziya OAV diqqat markazida

02.01.2024 07:13

/"Dunyo" AA/. Malayziyaning «OIC Today» jurnali veb-saytida O'zbekiston Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bosh inspektori, falsafa fanlari doktori (PhD) Farangiz Avazbekovaning «O'zbekiston davlat xizmatlari sohasida gender tengligi» sarlavhali maqolasi e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotda, davlat organlari faoliyatida muhim qarorlarni qabul qilish jarayonida ishtirok etishi mamlakat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega, - deb yozadi muallif. - Sotsiologik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, xotin-qizlarning yuksak samaradorlik, qaror qabul qilishdagi tezkorligi va qat'iyatligi, ijro intizomini ta'minlanishi ularga davlat xizmatidagi burchlarini samarali bajarish imkonini bermoqda».

Maqolada O'zbekistonda gender tengligini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida qaralayotgani alohida ta'kidlangan. Xotin-qizlarning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlari sohada qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar va ular doirasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bilan izchil himoya qilinayotgani xotin-qizlarning jamiyat va davlat oldidagi mavqeini yuksaltirmoqda.

Ta'kidlanishicha, «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi O'zbekiston qonunida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash orqali turli jins vakillarining davlat boshqaruvida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish kafolatlari belgilab qo'yilgan.

«Davlat xizmatiga kirishda va uni tugatayotganda jinsga qarab to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita kamsitishlarga yo'l qo'yilmaydi. Xotin-qizlar va erkaklarni davlat xizmatiga qabul qilishda tenglik malaka va kasbiy tayyorgarlik bilan ta'minlanadi. Davlat xizmatchilari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularni ko'tarish xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta'minlash orqali amalga oshiriladi», - deb yozgan OIC Today».

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net