“O?ZBEKISTON-BRITANIYA: SUPER TEZLIKDAGI IPAK YO?LIGA SAYOHAT”

07.06.2019 12:20

Bi-bi-si O‘zbek xizmati sayti ana shunday sarlavhada material e’lon qildi.

 

 

Sayt O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida britaniyaliktaniqli jurnalist Jeremi Xed Financial Times ro‘znomasida o‘tgan yil noyabr oyida e’lon qilingan "O‘zbekistonning super tez ipak yo‘li" sarlavhali maqolasi uchun “Oltin qalam” xalqaro mukofoti bilan taqdirlangani haqida xabar bergan.

 "Men O‘zbekiston haqida ozroq o‘qigandim. Janubi-sharqiy Osiyoning ko‘p joylarida bo‘lganman, o‘qib ma’lumotga ega bo‘lganimdan keyin Markaziy Osiyoni borib ko‘rish istagida edim", - deydi jurnalist Bi-bi-si muxbiri bilan suhbatda. - O‘tgan yili Sofi Ibbоtson rahbarligidagi Maximum Exposure shirkati uyushtirgan safarda men uchun ham O‘zbekistonni o‘zim uchun kashf etish imkoniyati tug‘ildi".

 Bi-bi-si Jeremi O‘zbekistondan bir dunyo taassurot bilan qaytgani, uning e’tiroficha, "Financial Times"da yozganlari dengizdan bir tomchi ekani haqida yozgan. "Britan turoperatorlarining biror bir broshyurasi u go‘zallikni yetkazib berolmaydi", deydi FTmuallifi Bi-bi-siga.

 "O‘zbekiston Ipak yo‘lidagi Samarqand, Buxoro, Xivadek afsonaviy go‘zal shaharlarini dunyoga tanitishdek ulkan imkoniyatga ega va bu yo‘lda allaqachon katta ishlar qilinayapti. Mening fikrimcha, britaniyalik turist dunyoning boshqa joyida bu narsalarni ko‘rishi dargumon. Siz islomiy me’morchilikni Eronda ko‘rishingiz mumkin, ammo britan turist-operatorlarining biror bir broshyurasi u go‘zallikni yetkazib berolmaydi. Haqiqatan noyob. Britaniyaliklar bunday imkoniyat mavjudligidan tezroq boxabar bo‘lishlari kerak", deb fikrlari bilan o‘rtoqlashgan britaniyalik jurnalist.

 Uning fikricha, O‘zbekistonning yangi rahbariyati mamlakatni dunyoga ochmoqda va turizmni rivojlantirish borasida izchil strategiyani tanlagan. Bu borada muhim qarorlar qabul qilinmoqda, cheklovlar olib tashlanmoqda, tartib yumshatilmoqda.Endilikda bu yangiliklarni Britaniya va G‘arbdagi boshqa sayyohlarga tezroq yetkazish qolgan, xolos.

 Bi-bi-si muxbirining yozishicha, “Oltin qalam” mukofotini topshirish marosimida O‘zbekistonning Britaniyadagi turizm elchisi etib tayinlangan Sofi Ibbоtson ham mamlakatimizga qilgan sayohatidan olgan taassurotlari haqida gapirib bergan.

 S.Ibbоtsonning so‘zlariga ko‘ra, hozir g‘arblik sayyohlar uchun O‘zbekistonga borishning ayni vaqti.

 "O‘zbekiston faqat YuNeSKOning mashhur maskanlari sanalmish Samarqand, Buxoro va Xivadan tashkil topmagan, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab arxeologik inshoatlar, bozorlar, tog‘lar, sahrolar kabi chindan ham mo‘‘jizakor joylar mavjud. Turistlar bundan bexabar bo‘lishi mumkin. Mening vazifam esa, O‘zbekiston turizmi taklif qilishi mumkin bo‘lgan barcha joylarning salohiyatini turistlarga ochib berish. Maqsad, ular bilishsinki, O‘zbekistonda uch, to‘rt hafta qolib ham ko‘p narsani ko‘rish imkoni bor. Ular har kuni qandaydir yangi narsani o‘zlari uchun kashf qilishlari mumkin", deydi u.

 Sayyohlarni jalb qilish haqida so‘z borarkan, O‘zbekistonning turizm elchisi yana bir muhim jihatga e’tibor qaratgan:

 "Xorijiy sayyohlarni O‘zbekistonda eng ko‘p jalb qiladigan jihat – mamlakatning tarixiy obidalari. Memorchilik, arxeologiya, madaniyat bilan turistlarni osonlikcha qiziqtirish mumkin. Hindiston haqida gap ketganda, Toj Mahal tilga olinadi, Fransiya desangiz, Eyfel minorasi yoki Luvr muzeyi ko‘z oldingizga keladi. O‘zbekiston ham shunga teng durdonalarga ega. Unda Registon yoki devor bilan o‘ralgan Xiva qal’asi bor. Mening vazifam bu jahoniy obidalarning O‘zbekistonga bog‘liq ekanini namoyish qilish. Ko‘p hollarda turistlar Samarqand haqida eshitgan yoki National Geographic jurnalida nimadir o‘qigan bo‘ladi, suratini ko‘rgan, ammo uning O‘zbekistonda ekanini bilmaydi. Demak, birinchi vazifa, bu maskanlar aynan O‘zbekistonda joylashganini ularga bildirish. Yana bir vazifa, bu maskanlardan tashqari, O‘zbekistonda yana nimalar borligi haqida ularni xabardor qilish. Odamlar Fransiyaga faqat Eyfel minorasini ko‘rgani bormaydi, balki milliy taomlar, muzeylar, tarixga ham qiziqib boradi. O‘zbekiston ham huddi shunday. Men turistlar O‘zbekistonga borib, Registonni ko‘rishlarini xohlayman, albatta. Chunki u o‘ta muhtasham va har bir inson uni hayotida hech bo‘lmasa, bir marta ko‘rishi kerak. Lekin ayni damda men ularga O‘zbekistonning boshqa taraflarini ham ko‘rsatmoqchiman. Har kim vataniga qaytganda, o‘z xotirasida muhrlanib qolgan jihatni eslaydi. Balki ular uchun yo‘l chetida to‘xtab qovun eganlari esda qolar? Balki qaysidir taomni tanavvul qilgani? Balki Nurota yoki Qizilqumda sayrga chiqqani, qaysidir o‘simlik, yovvoyi jonzot yoki go‘zal kun bоtishini ko‘rgani? Ular vatanlariga qaytgach, ana shu xotiralarini o‘z oilasi, do‘stlari yo hamkasblari bilan baham ko‘radi va ana o‘shanda O‘zbekiston nimalarni taklif qila olishi namoyon bo‘ladi".

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net