O?zbekiston - BMTning Kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish bo?yicha maxsus qo?mitasi aʼzosi

23.12.2022 12:03

“Dunyo” AA/. BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekistonni Kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish qo‘mitasiga (COPUOS) qo‘shish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning Vena shahrida joylashgan BMT tuzilmalaridagi doimiy vakolatxonasi maʼlumotlariga ko‘ra, COPUOS BMTning maxsus qo‘mitasi bo‘lib, uning asosiy vazifalari xalqaro hamkorlikni ko‘rib chiqish va koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari hamda kosmik fazoni tadqiq etishda yuzaga keladigan huquqiy muammolarni o‘rganishdan iborat.  O‘zbekistonning ushbu tashkilotga  qo‘shilishi bilan  uning aʼzolari soni 97 taga yetdi. Bundan tashqari, 41 ta xalqaro tashkilot Qo‘mita va uning quyi qo‘mitalarida kuzatuvchi maqomiga ega.

COPUOSda ishtirok etish mamlakatlarga koinot bilan bog‘liq o‘zgarishlar va jarayonlarni kuzatish hamda muhokama qilish uchun global darajada noyob imkoniyatni taqdim etadi.

Tashkilotga to‘laqonli aʼzolik O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikda va COPUOSning barcha tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net