O?ZBEKISTON-AQSH SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARI TO?G?RISIDA

27.02.2019 14:35

2019-yilning 26-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining yettinchi raundida ishtirok etdi.

Amerika Qo’shma Shtatlari delegatsiyasiga AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi, Elchi Elis Uells rahbarlik qildi.

 Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ba’zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 Maslahatlashuvlarning so‘nggi raundidan keyingi davr mobaynida ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarilgani qayd etildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyidagi AQShga rasmiy tashrifi va uning muvaffaqiyatli yakunlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarda yangi sahifa ochdi.

 Tashrif doirasida 4,8 milliard dollar qiymatidagi ikki tomonlama hujjatlarning imzolanishi va amalga oshirilishining boshlanishi, o‘tgan yilning kuzida “O‘zbekistonda Amerika biznesi haftaligi” va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi savdo-iqtisodiy, investitsion va texnologik imkoniyatlarni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligini tasdiqladi.

 Shu kunning o‘zida “Siyosat”, “Xavfsizlik”, “Iqtisodiyot va savdo”, “Insoniy me’zonlar” kichik guruhlarining majlislari bo‘lib o‘tdi, ushbu tadbirlarda ikki tomonlama munosabatlarning aniq masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net