O?ZBEK – QOZOQ MILLIY MADANIYAT MARKAZIDAN YOSHLAR MAMNUN

31.01.2019 16:37

Prezident Mirzacho‘l tumanidagi O‘zbek – qozoq milliy madaniyat markazi faoliyati bilan tanishdi. 

Mirzacho‘lda yashayotgan qozoq millatiga mansub yurtdoshlarimizning urf-odat va an’analarini rivojlantirishi uchun zarur sharoit yaratilgan. Xususan, bu yerda Qozoq milliy teatri tashkil etilgan. Yaqinda teatr binosi rekonstruksiya qilinib, ko‘rkam inshootga aylantirildi. Milliy cholg‘uchilik, ashula, raqs, tasviriy san’at kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

 O‘zbek – qozoq milliy madaniyat markazining tashkil etilishi xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikning yana bir ifodasi bo‘ldi. Markazda madaniy aloqalarni kuchaytirish, yoshlarni baynalmilal do‘stlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi. 

 Prezident mazkur teatrning qayta tiklanishi va O‘zbek-qozoq milliy madaniyat markazining tashkil etilishi ikki qardosh xalq hamjihatligida muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. Bu maskan hududdagi ijodiy, ma’rifiy tashkilotlarni, ziyolilarni, yoshlarni ezgu maqsad yo‘lida birlashtirishi zarurligini qayd etdi. 

 O‘zbek va qozoq xalqlari san’atidan namunalar ijro etildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net