O?ZBEK IPAK MAHSULOTLARI TAILAND QIROLICHASIGA SOVG?A QILINDI

31.07.2019 15:15

O‘zbek ipagi Tailand bozoriga kirib bormoqda.

 

BANGKOK, 31 iyul. /”DUNYO” AA/. Bangkokdagi Impact Challenger ko‘rgazmalar majmuasida Tay Qirollik ipak ko‘rgazmasi - Thai Silk Royal Peacock Logo Fair bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Tailanddagi Bosh konsullik muassasasi ko‘magida “Xorazm Pilla Xolding” mas’uliyati cheklangan jamiyatining vakillari qatnashib, o‘zbek ipak san’ati namunalarini namoyish etdi.

 Tailand qirolichasi Sirindxon va qirollik oilasi a’zolari, ishbilarmon, akademik va madaniy-gumanitar doiralar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ipak mahsulotlari katta taassurot qoldirdi.

 Mamlakatimiz Bosh konsullik muassasasi tomonidan ko‘rgazma doirasida o‘zbek ipakchiligi tarixi va zamonaviy holati, xalqimizning boy madaniy-ma’naviy qadriyatlari haqida taqdimot o‘tkazildi. Qirolicha Sirindxonga ipak mahsulotlari namunalaridan esdalik sovg‘a sifatida taqdim etildi.

 “Xorazm Pilla Xolding” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari va tailandlik tadbirkorlar o‘rtasida “V2V” muzokaralarida istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, “Spun Silk World Co., Ltd.” kompaniyasi bilan joriy yil sentyabr oyidan mahsulot yetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net