OPEK XALQARO RIVOJLANISH FONDINING IMTIYOZLI KREDITI HISOBIGA NAMANGAN VILOYATIDA LOYIHA AMALGA OSHIRILADI

24.03.2019 17:22

2019-yilning 22-mart kuni Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) qoshidagi Xalqaro rivojlanish fondi (OFID) Boshqaruvchilar kengashi tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanining 22 ta aholi punktlari va qisman Namangan shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan umumiy qiymati 54 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan loyihaning tasdiqlangani to‘g‘risida O‘zbekistonning Avstriyadagi Elchixonasi xabardor qilindi.

Loyihaning 2020-2025-yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan. Natijada Namangan viloyatining 200 mingdan ortiq asosan qishloq joylarida yashovchi aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

 OPEK OFIDning krediti besh yillik imtiyozli muddat bilan 20 yilga beriladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net