Oliy darajadagi O?zbekiston-Qozog?iston muzokaralari natijasida Strategik sheriklikni mustahkamlash va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolandi

22.12.2022 10:57

“Dunyo” AA/. Oliy darajadagi O‘zbekiston-Qozog‘iston sammiti yakunlari bo‘yicha bugun ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tarixiy hujjatlar – Ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida shartnoma va O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risida shartnomani imzoladilar.

Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishga qaratilgan 15 ta hujjat qabul qilindi.

«Markaziy Osiyo» Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish to‘g‘risida, Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida, Oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, 2000 yil 7 iyuldagi Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketish shartlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma shular jumlasidan.

Shuningdek, strategik islohotlar, elektron savdoni rivojlantirish, o‘rmon xo‘jaligi, davlat xizmati sohalarida memorandumlar, Toshkent va Turkiston, Navoiy va Qizilo‘rda, Jizzax va Turkiston viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xarita»lari, energetika, kimyo sanoati, transport va logistikada loyihalar amalga oshirish bo‘yicha bitimlar qabul qilindi.

Tashrif doirasida jami 8 milliard dollarlik savdo va investitsiya shartnomalari imzolandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net