«OIC Today»: O'zbekiston tashabbusi bilan 2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb e'lon qilindi

09.03.2024 02:38

/"Dunyo" AA/. Malayziyada chop etiladigan ommabop «OIC Today» jurnalida "BMT Bosh Assambleyasi O'zbekiston tomonidan ilgari surilgan rezolyutsiyani bir ovozdan ma'qulladi" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda qayd etilganidek, shu yil 26-fevral kuni Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan "2027-yil  Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili" rezolyutsiyasi bir ovozdan ma'qullandi. O'zbekiston tomonidan ilgari surilgan ushbu rezolyutsiyaga 80 dan ortiq a'zo mamlakat hammualliflik qildi.

"Hujjat matnini muvofiqlashtirish bo'yicha maslahatlashuvlarda Rossiya, Xitoy, AQSH, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Misr, Braziliya, Argentina kabi yetakchi davlatlarning ekspertlari faol ishtirok etdi va rezolyutsiya mazmunini boyitishga muhim hissa qo'shdi. BMTga a'zo davlatlar vakillari ushbu rezolyutsiyaning taqdim etilishi o'z vaqtida va dolzarb ekanini qayd etdilar",  deyiladi materialda.

Maqolada hujjatning bosh maqsadi O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil oktyabrida Samarqandda bo'lib o'tgan BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida turizm sohasining yangi muammolar va zamonaviy xatarlar oldida barqarorligi va moslashuvchanligi borasida bildirilgan fikrlariga asoslangani ta'kidlangan.

"Rezolyutsiya 2027-yilni Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb e'lon qilishni qaror qiladi hamda BMTning Jahon sayyohlik tashkilotini hukumatlar, BMT tizimidagi tuzilmalar, mintaqaviy tashkilotlar bilan birgalikda yilni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun kompleks choralar ko'rishga chaqiradi, – qayd etgan jurnal.  Hujjatda barcha manfaatdor tomonlarga barqaror va yashovchan turizmni kambag'allikni bartaraf etish, ayollar, yoshlar, keksalar va nogironlarning ishtirokini rag'batlantirish, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish hamda munosib ish joylari va daromad manbalarini yaratishning muhim vositasi sifatida faol ilgari surishni tavsiya etadi".

Maqola yakunida "Hujjat bilan BMTning Jahon sayyohlik tashkilotiga ushbu rezolyutsiyaning amalga oshirilishi yuzasidan BMT Bosh Assambleyasining 83-sessiyasida (2028 y.) axborot berish, bunda Xalqaro yil qay darajada o'tkazilganini baholashga alohida e'tibor berish topshirildi",  deb yozgan «OIC Today».

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net