O?FA va QFF o?zaro aloqalarni yana-da jadallashtirishga kelishib oldi

16.11.2022 11:36

“Dunyo” AA/. Bugun Toshkent shahrida  futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri. Ushbu bahs oldidan Qozog‘iston futbol federatsiyasi prezidenti Adlet Barmenkulov O‘zbekiston futbol assosiatsiyasiga (O‘FA) tashrif buyurdi va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bilan uchrashdi.

O‘FA matbuot xizmatidan olingan maʼlumotga ko‘ra, dastlab Ravshan Ermatov mamlakatlarimiz o‘rtasida yaqin qo‘shnichilik aloqalari hamda futbolni rivojlantirish borasida harakatlar yangi bosqichga chiqqanidan mamnun ekanligini bildirdi. O‘z navbatida, Qozog‘iston futbol federatsiyasi rahbari Adlet Barmenkulov yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Uchrashuv davomida ikki davlatda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, o‘zaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir davomida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Qozog‘iston futbol federatsiyasi o‘rtasida Memorandum imzolandi.

Memorandumda ikki mamlakatlarning barcha yosh toifalardagi terma jamoalari hamda klublari ishtirokida xalqaro musobaqalar va o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha bandlar mavjud. Murabbiylar, hakamlar va yana qator yo‘nalishlar bo‘yicha futbol mutaxassislarini tayyorlash uchun almashuv dasturlarini ishlab chiqish, bolalar futbolini rivojlantirishga ko‘maklashish nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz: futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bugun soat 18:00 da boshlanadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net