NAMANGANGA POKISTON DELEGATSIYASI TASHRIF BUYURADI

05.04.2019 15:56

2019-yilning 6-7-aprel kunlari Pokistonning taniqli pirlar, hadislarning tadqiqotchilaridan tashkil topgan atoqli din arboblari hamda turkopmaniyalar rahbarlari va jurlanistlar guruhi Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Delegatsiyaga Islomobod shahridagi O‘zbekiston turistik axborot markazi direktori Hamid Mahmud hamrohlik qiladi.

O‘zbekistonning Islomobod shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tashrif doirasida Pokiston delegatsiyasi “Axsikent” arxeologik majmuasini, “Sulton Uvays Qaraniy” va “Mahdumi A’zam” maqbaralarini ziyorat qiladi, Namangan viloyatining boshqa tarixiy qadamjolari va islom mutafakkirlarining merosi bilan tanishib, mahalliy turoperatorlar bilan birgalikda “ziyorat-turizm” bo‘yicha seminarda ishtirok etadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net