
Samarqandda “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
"Sharq taronalari" XIII xalqaro musiqa festivali doirasida o‘tkazilayotgan anjumanda 32 ta xorijiy davlatdan 50 nafardan ziyod musiqashunos, folklorshunos va madaniyatshunos olimlar, shuningdek, nufuzli oliy ta’lim muassasalari mas’ullari va ilmiy-ijodiy markazlar rahbarlari ishtirok etmoqda.