Muloqot chog?ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi, dolzarb mintaqaviy hamda xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi. O?zbekiston va Norvegiya o?rtasidagi Readmissiya to?g?risidagi bitim loyihasi b

01.10.2022 17:21

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston poytaxtida sodir etilgan zo‘ravonlik harakatlarining tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Kobul g‘arbidagi taʼlim markazida sodir etilgan qabih terrorchilik xuruji oqibatida o‘nlab insonlar, asosan, qizlar halok bo‘lgani va jarohatlangani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik, - deb taʼkidlangan TIV bayonotida. - Yana ro‘y bergan zo‘ravonlik harakatlarni keskin qoralagan holda, mazkur yovuz va g‘ayriinsoniy xuruj tashkilotchilari hamda ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz.

Halok bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net