MSK O?zbekiston Prezidentligiga ko?rsatilgan nomzodlarni ro?yxatga oldi

05.06.2023 10:34

/“Dunyo” AA/. Bugun Markaziy saylov komissiyasining (MSK)  O‘zbekiston Prezidenti saylovlariga  tayyorgarlik ko‘rish va  o‘tkazishga  bag‘ishlangan  navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

MSK maʼlumotlariga ko‘ra, unda komissiya aʼzolari muddatidan ilgari Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha  navbatdagi  – 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish masalasini ko‘rib chiqdilar.

 Majlisda:

-Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatovni;

- Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyevni;

- “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Maxmudovani;

- Ekologik partiyadan Abdushukur Xamzayevni O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotni o‘tkazish masalalari muhokama etildi va tegishli qaror qabul qilindi.

Qaror bilan prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2023 yil 7 iyundan boshlanishi qayd etilib, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining respublika va hududiy teleradiokanallarida bepul ajratiladigan efir hajmi va vaqti, «Yangi O‘zbekiston», «Pravda Vostoka», «Xalq so‘zi», «Narodnoye slovo» kabi Respublika gazetalarida hamda 24 nomdagi mahalliy gazetalarda bepul ajratiladigan nashr maydoni tasdiqlandi.

Ommaviy axborot vositalari saylovoldi tashviqoti davrida bepul ajratiladigan efir vaqti va nashr maydoni doirasida O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davrida chiqishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net