MSK O?zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko?rish va uni o?tkazishning Kalendar rejasini tasdiqladi

11.05.2023 10:04

/“Dunyo” AA/. Markaziy saylov komissiyasining kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov kampaniyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha  Kalendar reja tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.

Mazkur Kalendar rejada mantiqiy izchillik asosida qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari belgilandi. Xususan, rejaga muvofiq saylov jarayonining 7 ta yo‘nalishi bo‘yicha 51 ta tadbirlar nazarda tutildi.

 Reja okrug va uchastka saylov komissiyalarini tashkil etish, kuzatuvchilarning saylovoldi ishtirokini taʼminlash, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish, siyosiy partiyalar, ularning prezidentlikka nomzodlari, ularning ishonchli vakillarining saylovoldi ishtirokini taʼminlash, saylov komissiyalarini moliyalashtirish,  saylovoldi tashviqoti,  saylov jarayonini yoritish, ovoz berish va boshqa ishlarni qamrab olgan.

Eslatib  o‘tamiz,  2023 yil  9  iyul kuniga belgilangan  O‘zbekiston Prezidenti saylovlarida ishtirok etish uchun 17 may – 1 iyun oralig‘ida  nomzodlar ko‘rsatiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net